«Vilyarreal» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Torres faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Madridning «Real» klubi mutasaddilari Torresning o'yinlarini jiddiy tarzda kuzatmoqda. Biroq, yaqin kelajakda «qirollik klubi» uchun uning transferini amalga oshirish ancha qiyin bo'ladi. Gap shundaki, «Vilyarreal» Torresning transferidan kamida 50 million evro ishlab olmoqchi.
«Real» dan tashqari Xosep Gvardiola ham «sariq suvosti kemasi»ning etakchilaridan biriga qiziqish bildirmoqda.