"Marca"ning yozishicha, klub "Sevilya" futbolchisi Jyul Kundening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. O'tgan yozda uni "Manchester Yunayted" sotib olmoqchi bo'lgandi, ammo tomonlar narx borasida kelisha olmagandi.
Kundening shartnomasida tovon puli 80 mln evro qilib ko'rsatilgan. "Real"ning moliyaviy holati yaxshi bo'lganligi uchun bu narxni to'lashga tayyor turibdi.
Kunde o'tgan mavsumda 34 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etdi.