Madridning «Real» klubi forvard Luka Yovichni keyingi transferlar uchun mablag to'plash maqsadida sotishni reja qilgan.
O'tgan mavsumni Luka Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasida ijarada o'tkazdi. AS nashrining xabariga ko'ra, nemis klubi serbiyalik hujumchining ijarasini uzaytirmoqchi va hatto sotib olishni ham mo'ljal qilgan. Ammo buning uchun klub asosiy forvardi Andre Silvani sotishi talab etiladi.
Qayd etilishicha, Silvaga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda, ammo so'ralayotgan 40 million evro bu klublarni ushbu transferdan chetlashtirishi mumkin.