«Barselona»ning sobiq hujumchisi Ronaldino va «Real»ning sobiq sardori Serxio Ramos tvitterda o'zaro fikr almashishdi.
«Salom Serxio Ramos, o'sha oqshom esingizdami?» - deya yozdi braziliyalik el-klasikoda ispaniyalik bilan tushgan suratini joylashtirib.
«Esimda, lekin bundan bir necha oy o'tgach kechqurun ancha yaxshi edi», deya javob berdi Ramos.
Himoyachi Ispaniyada 30-chempionligini nishonlayotgan «Real»ning suratini joylashtirdi. Bu 2007 yilda sodir bo'lgan. O'shanda «Real» va «Barsa» 76 ochkoni qo'lga kiritishgan, ammo Madrid klubi chempionlikni shahsiy uchrashuvlardagi g'alaba evaziga qo'lga kiritgan.
O'sha yili «qaymoqranglilar» kataloniyaliklarni 2006 yil oktyabr oyida o'z maydonlarida mag'lub etishgan (2: 0), 2007 yil martida esa ular durang o'ynashgan (3: 3).