Xabarlarga ko'ra, 35 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi klubda ikki yillik shartnoma asosida yiliga 15 million evrodan ishlab olmoqchi. SHuningdek, u 20 million evro ko'tarma puli olmoqchi. Qayd etilishicha, futbolchi bilan "Milan" klubi aloqada bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, 16 iyun kuni "Qirollik klubi" sobiq himoyachisi klub bilan shartnomasi yakunlangani munosabati bilan jamoadan ketishini elon qilgandi.
Madrid jamoasi tarkibida u 671 uchrashuv o'tkazib, 101 ta gol urgan va 40 ta golli uzatmani amalga oshirgan.