Chiringuito TV xabariga ko'ra, «Milan» Serxio Ramos bilan muzokara olib borishga harakat qilgan. Biroq muzokaralar tezda yakunlandi.
Italiya klubi vakillari uchun Ramos tomonidan jiddiy shartlar qo'yilgan. Xususan, mavsum uchun 15 million evro maosh. Shuningdek, Ramos va uning vakillariga transfer narxi sifatida 20 million to'lanishi kerak.
Hozircha PSJ futbolchi uchun asosiy davogar bo'lib qolmoqda.