Himoyachi Serxio Ramos "Real" dan ketishi haqida gapirdi.
«Men hech qachon «Real»dan ketishni xohlamaganman, doim shu erda o'ynashni xohlaganman. Klub menga maoshni qisqartirish bilan bir yillik shartnoma taklif qildi. Men o'zim va oilam uchun ikki yillik shartnoma tuzishni xohlardim.
Va keyin menga boshqa taklif yo'qligi, vaqt tugashi haqida xabar berishdi. Men allaqachon taklifni qabul qilmoqchi edim, u hali ham amal qiladi deb o'ylardim, lekin ular menga kech bo'lganligini aytishdi.
Biz prezident Florentino Peres bilan har doim ota va o'g'il kabi yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Ammo barcha oilalarda yaxshi va yomon tomonlari bor. Bu erda 16 yillik ijobiy xotiralarim qoladi», - dedi Ramos.