"Real" sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Serxio Ramosning Madrid klubidan ketishi haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, bugun ispaniyalik "qirollik klubi"dan ketishdan oldin xayrlashuv uchun matbuot anjumani o'tkazdi.
"Bugun sen uydan ketayapsan, do'stim. Ammo sen abadiy "Real" afsonasi bo'lib qolasan. Sen bilan juda ko'p yaxshi daqiqalarni baham ko'rish men uchun katta sharaf edi. Kelajak uchun barcha yaxshi narsalarni. Men seni qo'llab-quvvatlayman", - deb yozgan Kasilyas Tvitter sahifasida