«Real» sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Serxio Ramosning klubdan ketishi haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, bugun ispaniyalik futbolchi xayrlashuv marosimi uchun matbuot anjumani o'tkazdi.
«Bugun sen o'z uyingdan ketmoqdasan, do'stim. Ammo sen abadiy «Real» afsonasi bo'lib qolasan. Sen bilan juda yaxshi daqiqalarni baham ko'rish men uchun katta sharaf edi. Senda katta yurak bor», - deb yozgan Kasilyas tvitterda.