Himoyachi Rafael Varan «Real»da o'ynashni davom ettirishi mumkin. Futbolchi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira tvitterda xabar bermoqda.
28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Jurnalistning so'zlariga ko'ra, tomonlar amaldagi muddatni uzaytirish to'g'risida kelishib olishgan.
Oldinroq «Real» «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgan Varan bilan xayrlashishi haqida xabar berilgandi. O'tgan mavsumda frantsiyalik himoyachi La Liganing 31 uchrashuvida qatnashdi va 2 ta gol urdi.