Madridning «Real» klubi bugun himoyachi Serxio Ramosning klubidan ketishi munosabati bilan maxsus tadbir o'tkazmoqda.
"Qirollik klubi"da 2005 yildan beri o'ynab kelayotgan 35 yoshli futbolchi nutqi davomida ko'z yoshlarini tiya olmadi.
«Real» bilan xayrlashish vaqti keldi va bu mening hayotimdagi eng qiyin paytlardan biri «, - dedi Ramos.
Oldinroq »Real« va Ramos shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmagani ma'lum bo'lgan, shu sababli futbolchi ketishga qaror qilgan.