"Qirollik klubi" hakamning qaroriga qo'shilmaydi.
"Madrid" "Deportivo"ga qarshi o'yinda Serhio Ramosga qizil kartochka ko'rsatgan hakam Xose Luis Gonsales Gonsales qaroridan norozi. Hakamning qaroriga ko'ra Ramos 89-daqiqada "to'p uchun kurashda qo'li bilan qo'pol o'ynagani uchun" 2-sariq kartochkani olib maydondan chetlatilgan edi.
"Qirollik klubi" rahbarlari esa ushbu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmaganligiga ishonchi komil ekanligi va apellyatsiya berishini ta'kidlab o'tishgan.