"Real" rahbariyati Serxio Ramosning "Deportivo"ga (3:0) qarshi La liga 1-turida maydondan chetlatilishi yuzasidan rasmiy shikoyat tayyorlamoqda.
Ma'lumki, futbolchi o'yinning so'nggi daqiqalarida ikkinchi sariq kartani olib, bosh hakam Xose Luis Gonsales tomonidan maydondan chetlatilgan edi.
Eslatib o'tamiz, agar "Real"ning shikoyati qondirilmasa, futbolchi 2-turdan o'rin olgan "Valensiya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.