Braziliyaning «Flamengo» klubi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Unga ko'ra «Yangi Neymar» laqabini olgan 16 yoshli hujumchining tovon puli 30 milliondan 45 million evroga oshirildi. Yakshanba kuni u «Flamengo» tarkibida Braziliya chempionatida debyut qildi.
Avvalroq, «Real» klubi Vinisius Junior uchun 45 million evro to'lab, uni qo'lga kiritmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi.