Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Evro-2020 guruh bosqichining 1-turida Vengriya bilan o'yinda dubl qayd etdi (3:0).
Ronaldu Evrolar doirasidagi 10 va 11-gollarni urganidan xabaringiz bor. Umuman olganda, 36 yoshli portugaliyalik yirik turnirlarda 18 ta gol urgan.
«Real Madrid» va Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gerd Myullerda ham shuncha gol bor edi va Krish ushbu rekordni yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Mutlaq rekord boshqa bir nemisga tegishli - Miroslav Kloze. «Bavariya» va «Latsio»ning sobiq hujumchisi yirik turnirlarda 19 ta gol urgan.
Ushbu dovondan o'tish uchun ham Ronalduda hali vaqt etarli.