"Barselona" va "Real Madrid"ga Chempionlar Ligasida ishtirok etishi uchun ruxsat berildi.
"Barselona" va "Real Madrid" keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etishlari mumkin, deb xabar beradi El Partizado de COPE nashri.
Manbaga ko'ra, Ispaniya klublari UEFA tomonidan tegishli ruxsatnomalarni olgan. Oldinroq EChL rasmiylari "Yuventus"ga Chempionlar Ligasida qatnashishga ruxsat berishgandi.
Avvalroq, UEFA Superligadan chiqishni rad etgani uchun "Barselona", "Real Madrid" va "Yuventus"ni ikki yilga diskvalifikatsiya qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Biroq, Shveytsariya Adliya vazirligi UEFA tomonidan klublarga nisbatan sanktsiyalar qo'llanilishini taqiqladi.