"Sevilya" sport direktori Ramon Monchi klub sobiq futbolchisi bilan muzokara olib bormayotganini tushuntirdi. Ramos "Real"da qolmoqda.
Monchining so'zlariga ko'ra, Serxio Madrid bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. "Sevilya"dan hech qanday takliflar bo'lmagan.
Ramosning "Real" bilan shartnomasi yozda tugaydi. Serxio "Sevilya" dan Madridga 2005-yilda ko'chib o'tgandi.