Madridning «Real» klubi darvozabon Andrey Luninni ushbu yozda erkin mashg'ulotlar uchun boshqa jamoaga qo'yib yuborishga tayyor.
"Kadis" 22 yoshli ukrainalik kiperning yangi klubiga aylanishi mumkin, deb yozadi "Meta Sport".
Ma'lum bo'lishicha, darvozabonning ijaraga berilishi «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Karlo Anchelotti tomonidan tasdiqlangan.
O'tgan mavsumda Lunin bir martagina maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'ldi xolos.