"Real" sardori Serxio Ramos jamoa prezidenti Florentino Peres bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokarani qayta boshladi.
"Diario AS" tarqatgan xabarga ko'ra, ular klub mashg'ulot bazasida uchrashishgan hamda u erni alohida-alohida tark etishgan. Uchrashuv qanday natija bilan yakunlangani hozircha aniq emas.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchining "Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi.