Agar katta taklif tushsa, "Inter" hujumchi Lautaro Martinesni sotib yuborishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Italiya klubi hujumchiga 90 million evroga taklif qilinsa, uni qo'yib yuborishga rozi bo'ladi.
Futbolchiga asosiy davogarlar - "Barselona", "Real" va "Atletiko", ammo bu Ispaniyaning barcha klublarida Lautaroni sotib olish uchun bunday mablag' yo'q.
Oldinroq Kataloniya klubi o'tgan mavsumni ijara asosida "Betis"da o'tkazgan 23 yoshli himoyachisi Emerson ham shartnomaga qo'shilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
O'tgan mavsumda Lautaro A seriyada 38 o'yin o'tkazdi, 17 gol urdi va 6 golga uzatma berdi.