"Real" hujumchisi Eden Azar Chempionlar Ligasi yarim finalida yutqazganidan keyin nima uchun kulib qo'yganini aytib o'tdi. Ikkinchi o'yinda yarim finalda "Real" "Chelsi"ga yutqazgan (0:2) va final hushtagidan so'ng "Chelsi" futbolchilari bilan suhbatlashayotganda kulib yuborgandi.
"Men noto'g'ri ish qildim. Mendi va Zuma hech qanday kulgili gap aytmadilar. Ammo men Zuma bilan o'ynaganman va Mendini taniyman. Do'stlar bilan uchrashganingizda, siz doim xursand bo'lasiz. Ammo men "Real"ning obro'siga putur etkazganimni tushunaman. Men "Real" yutqazganiga quvonganim yo'q, aksincha, juda xafa bo'ldim", - dedi Azar.