"Real" va Belgiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azar o'zini Madrid klubida Krishtianu Ronalduning o'rinbosari deb bilishini aytdi.
“Bu biroz boshqacha. Men Krishtianu Ronaldu emasman. U bir yilda 60-70 ta gol uradi, men esa etti yoki sakkiz yilda gol uraman. Biz boshqachamiz.
Masalan, men hech qachon himoyachidan balandroq sakrab gol urmayman. Buni tasavvur qiling. Men yangi Ronaldu bo'lishim kerak deb o'ylab "Real"ga kelmadim. Men shunchaki Eden Azar bo'lishim kerak edi», - dedi futbolchi Het Nieuwsblad nashriga bergan intervyusida.