Madridning "Real" klubi vingeri Eden Azar "Real"dan ketish haqida o'ylamayotganini aytdi.
"Men ketish haqida bir soniya ham o'ylaganim yo'q. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganim sababli "Real"ni tark etmayman. Men bu klub uchun yaralganman va buni barchaga isbotlamoqchiman.
"Real"da edim, lekin go'yo unda bo'lmagandek edim, tushunyapsizmi? Bu juda qiyin edi. Koronavirus tufayli ham menga qiyin bo'ldi. SHartnoma imzolaganimda, tomoshabinga to'la "Santyago Bernabeu"da o'ynashni orzu qilgandim.
Umid qilamanki, tez orada stadionimiz qurib bitkaziladi va muxlislar tribunaga qaytishadi. Menga bu juda zarur", – dedi Eden Azar.