Braziliyalik futbolchi uning sotuvi haqidagi xabarlar fonida vaziyatga oydinlik kiritish uchun klub rahbariyati bilan bog'landi. 33 yoshli o'yinchiga tashvishlanadigan hech narsa yo'q ekanligini aytishdi.
"Real" hali ham vice-sardorni qadrlaydi va o'yinchining kelasi mavsum yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini tugatib qo'yish xohishini hurmat qiladi.
Marseloni olib qolish qaroriga shuningdek murabbiy Karlo Anchelotti ham tasir ko'rsatdi.
Marselo 2017 yildan beri "Real"da o'ynaydi. Futbolchi bu vaqt davomida klub bilan 22ta sovrin yutdi.