35 yoshli himoyachi o'z faoliyatini boshlagan "Sevilya" klubiga qaytishi mumkin. Andalusiyaliklar Ramosga uzoq muddatli 5 yillik shartnoma taklif qilishdi. Serxioning yangi klubidagi maoshi 7 million evroni tashkil etadi.
Himoyachining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi shu oyning so'nggida yakuniga etadi. Ramos yangi shartnoma borasida klub bilan kelisha olmadi.
Serxio 2005 yildan beri "Real"da o'ynaydi. Futbolchi o'tgan mavsum 15ta o'yinda maydonga tushib, penaltidan 2ta gol urishga erishdi.