Madridning «Real» klubi himoyachi Rafael Varan bilan xayrlashishga tayyor.
Bu haqda COPE nashri jurnalistlari xabar berishadi. Madrid klubi futbolchi uchun 60 million evro so'ramoqda.
Varanga asosiy da'vogarlar «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari hisoblanadi. Oldinroq ikkala klub ham futbolchining maoshini ikki baravarga oshirishga tayyorligi haqida xabar qilingan edi, bu ayni paytda haftasiga 230 ming evroni tashkil qilmoqda.
Varan 15 iyun kuni Frantsiya terma jamoasi tarkibida Germaniyaga qarshi o'ynaydi.