AS xabariga ko'ra, «Sevilya» Serxio Ramosga besh yillik shartnoma taklif qilgan.
Shu bilan birga, 35 yoshli ispaniyalik himoyachining maoshi Andalusiyada bir mavsum uchun 7 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Shuningdek, futbolchiga faoliyati yakunida «Sevilya» da qolish taklifi ham ilgari surilgani haqida ma'lumotlar bor.
Eslatib o'tamiz, Ramosning «Real» bilan shartnomasi shu yilning 30 iyuniga qadar hisoblab chiqilgan. Hozirda Serxio rahbariyat bilan turli masalalarda kelisha olmayapti.