Madridning "Real" klubi ushbu yozda Frantsiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish fikridan voz kechdi.
Manbaning xabariga ko'ra, bu Parij jamoasi rahbariyatining murosasiz pozitsiyasi bilan bog'liq - masalan, 6 iyun kuni "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi Mbappe hech qachon sotilmasligini e'lon qilganidir.
Shundan so'ng, Florentino Peres boshchiligidagi "Real" rahbariyati o'z navbatida Mbappening transferi imkonsiz bo'lishini tan olishdi. Endi ular futbolchining o'ziga ishonishadi, ammo "PSJ" ham futbolchi bilan 2022 yil yozida tugaydigan shartnomani uzaytirishni urinishmoqda.
Xabar qilinishicha, Mbappedan tashqari, "Real" norvegiyalik "Borussiya Dortmund" forvardi Erling Xoland bilan shartnoma imzolay olmaydi.
Yakunlangan mavsumda Mbappe 47 uchrashuvda 42 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.