"Barselona" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transferiga qiziqmoqda. Biroq, klub futbolchiga qo'yilgan summani to'lay olmasligi mumkin. Andalusiya klubi Kundening sotilishidan kamida 60 million evro ishlab olmoqchi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Barsa" o'z futbolchilaridan birini qo'shimcha to'lov sifatida taklif qilmoqda. Frantsisko Trinkau, Klement Langle yoki Konrad De La Fuente "Sevilya"ga o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kundening xizmatlariga "Real" ham qiziqish bildirmoqda.