Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidanni qutqara oladigan jamoa

Nega bu mavsumda Zidan hech qanday sovrin yutmadi va nima uchun boshqa klubda muvaffaqiyat qozonishi ehtimoldan yiroq?

.
- Yuklab olish

Zidan «Real»ni kuboklarsiz mavsumdan so'ng tark etdi. Bu yil uning murabbiylik faoliyatidagi eng qiyin davr bo'ldi.

Ko'plab futbolchilar jarohatlangan bo'lishiga qaramay ECHLda «Liverpul»dan boshqa top-klublar bilan o'yin o'tkazmadi. Hatto «CHelsi» bilan o'yinda ham uning jamoasi favorit sifatida qaralayotgan edi. Ho'sh, unga nima tasir qildi? 

Keksa etakchilar

Ramos (35), Kroos (31), Modrich (35), Ronaldu ketganidan so'ng, o'zini tiklay olmagan hujum chizig'i (Benzemadan tashqari) hamda avvalgidek o'yin ko'rsata olmayotgan Marselo, Isko, ijaraga berib yuborilgan Beyl kabi futbolchilar bilan ECHLni zabt eta olmadi.

Katta umid bog'langan Eden Azar va yosh vunderkindlar

Azarni 115 million evroga sotib olishgan, ammo u juda ko'p jarohat oldi va ishonchlarni oqlay olmadi. Rodrigo va Vinisius (ular uchun 90 million to'lashgan) «Real»ga mos o'yin ko'rsatishmadi (joriy mavsum ikkitasida 8 ta gol urishdi). Mendi Marseloning o'rnini to'ldirdi, ammo baribir barqaror emas.

Umuman olganda, tarkibning darajasi tushib ketdi. SHu bilan birga, natijalar yomonlashdi. Hammasi mantiqan to'g'ri. Zidan yosh futbolchilarga juda kam o'yin amaliyotini berdi.

Jamodan ketgan umidsiz futbolchilar

Turli vaqtlarda Ashraf Xakimi, Markos Lorente, Teo Ernandes uning uslubiga mos kelmadi. Hozirda Hakimi eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri. Llorente - bu mavsum «Atletiko»da, Teo Ernandes esa, «Milan»da faoliyatlaridagi eng yaxshi mavsumlardan birini o'tkazishdi. SHuningdek, Ermoso, Edegor va Regilon garchi boshqa klublarda kuchli o'yin namoyish qilsalar ham Zidanning «imtihoni»dan o'ta olishmagan.

Aksincha... 

Francuz mutaxassisi qo'l ostida Vaskes va Valverde yuqori saviyada o'yin ko'rsata olishdi. Ammo yuqoridagi ro'yxat uzunroq.

Bir paytlar uning qo'l ostidagi futbolchilarning deyarli barchasi o'z poziciyalarida dunyoning eng yaxshilari qatorida etirof etilardi.

Zizuga ana shunday saviyadagi jamoa boshqaruvi berilishi kerak. CHunki u yulduzli jamoada muvaffaqqiyatliroq ishlaydi, ularni to'g'ri yo'naltira oladi. Yangi jamoa qurish Zidan uchun biroz murakkabroq.

Hozirda har bir poziciyasida dunyoning eng kuchlilariga ega uchta jamoa bor:

«Bavariya» - Nagelsmann allaqachon bosh murabbiy etib tayinlangan. «Manchester Siti» - jamoa kimning say-harakatlari bilan shu holatga kelganligini yaxshi bilasiz. 

Va yana biri...

PSJ Zidan uchun eng optimal variant

PSJ besh yildan beri o'yin quradigan murabbiylarni tayinlaydi: Emeri, Tuxel, Pochettino. 

Emeri futbolchilarning darajasiga dosh bera olmayotgandek ko'rindi. Tuxel muvozanatni saqlashga urindi, ammo qatiy pozicion o'yin asosiy yulduzlar Neymar va Mbappega mos kelmadi - ular bosim ostida ishlashmadi (so'nggi mavsumdan tashqari). Pochettino mashg'ulotlarda futbolchilarga ortiqcha vazifalar yuklaydi. Uning kuchli bosimiga futbolchilar dosh bera olishmadi yoki bunday mashg'ulotlarni xohlashmadi.

Har uchala murabbiy futbolchilar bilan to'liq aloqa o'rnata olmadilar. Emeri, Tuxel va Pochettino ilgari hech qachon yulduzlar bilan ishlamagan. Ular o'rtamiyona futbolchilardan yaxshi jamoa tuzishdi, ammo top futbolchilarni shug'ullantirish etarli tajribalari yo'q edi.

PSJ yulduzlari ko'p tanqid qilinadi, ammo yillar o'tishi bilan jamoa itoatkor va intizomli bo'lib qoldi. Ularning Emeri va Tuxelga moslashib ketganliklarining o'zi ko'p narsani anglatadi. Ammo baribir bu g'ayritabiiy edi. Ko'pchilikning nazdida PSJ dangasa va injiq futbolchilar jamoasi bo'lib qoldi.

Katta ehtimol bilan ular boshqa turdagi murabbiyni xohlashdi. PSJ futbolchilariga  uslubshunos mutaxassislar emas, aksincha, o'yinni ularning qobiliyatlari asosiga quradigan murabbiy kerak. 

CHunki, bunday murabbiy futbol yulduzi bo'lish nimani anglatishini yaxshi anglaydi. SHuningdek, CHempionlar ligasida g'alaba qozonishni biladigan shaxs. Bu PSJda etishmayotgan asosiy kamchilik.

Aslida, bunday fazilatlarga ega murabbiylar deyarli yo'q. Individualist yulduzlarni tayyorlash va bir vaqtning o'zida g'alaba qozonish juda qiyin jarayon.

Ammo Zidan bor

Menimcha, PSJ va Zidan bir-birlari uchun juda mos keladi. Vaziyat ham shuni taqazo etyapti. Zizu ishsiz, Pochettino esa, PSJdan ketmoqchi.

U har qanday futbolchidan kattaroq shaxs. Neymar va Mbappe bilan muammo bo'lmasligi aniq. Kilianni Parijda olib qolmoqchimisiz, Zidanni jamoaga olib keling!

Humoyun Oripov tayyorladi

BestMaster
8 Iyun 2021, 08:45
zidanni, qutqara, oladigan, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads