Xabarlarga ko'ra, madridliklar ustozi kelasi o'n yil davomida himoyani mustahkamlashi mumkin bo'lgan yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
61 yoshli italiyalik murabbiyning asosiy maqsadi "Sevilya" futbolchisi Jyul Kunde hisoblanadi, uning transferi qiymati 80 million evroga baholanmoqda.
Franciyalik himoyachini qo'lga kiritish qiyin kechadi, chunki Angliyaning bir nechta grand klublari, shu jumladan, "Manchester Yunayted" va "CHelsi" Jyulga qiziqish bildirmoqda.
Masalaning boshqa tomoni, ushbu yozda "Real" safini Rafael Varan va Serxio Ramos tark etishi mumkin va "Qirollik klubi" faqat Kundeni sotib olish bilan cheklanib qolmasligi mumkin.