«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar oynasi vaqtida klubini o'zgartirmoqchi, deb xabar beradi ESPN.
Manbaning ta'kidlashicha, portugaliyalik Evropa chempionati tugagandan so'ng o'z kelajagi to'g'risida qaror qabul qilmoqchi. Ronalduda «Real», PSJ va «Manchester Yunayted»ga o'tish variantlari mavjud.
O'tgan mavsum 36 yoshli Ronaldu «Yuventus» tarkibida barcha turnirlarda 44 uchrashuv o'tkazib, 36 gol urdi va to'rtta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.