"Real" himoyachisi Serxio Ramos madridliklar safini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Futbolchi shartnomani uzaytirish borasida "qaymoqranglilar" bilan kelisha olmadi.
Futbolchida karerasini davom ettirish uchun ko'plab variantlar mavjud, ammo Ramos ikki jamoa asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Ispaniyalik futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Uning o'zi "Manchester Yunayted" yoki "Manchester Siti"ga o'tmoqchi.
Oldinroq Ramos "Real" futbolchilarini tartibsizlikka undagani haqida xabar berilgan edi.