Madridning «Real» klubi va Germaniya yarim himoyachisi Toni Kroos Evro-2020dan so'ng terma jamoadagi kelajagi to'g'risida qaror qabul qilishini ma'lum qildi.
"Evropa chempionatidan keyin bir qarorga kelaman. Turnirdan so'ng men bu haqda o'ylayman va Flik bilan gaplashaman. Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman", - dedi Kross.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toni Kross Evro-2020dan so'ng terma jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqayotgan edi.