"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoaning hozirgi tarkibidan ko'ngli to'q ekanini aytdi.
"Hech bir futbolchi o'zini boshqa klubga qo'yib yuborishini so'ramadi. Men hozirgi tarkibning saqlanib qolishini istayman. Umid qilamanki, hech kim hech qaerga ketmaydi.
Biroq, transfer oynasi yopilgunga qadar har narsa yuz berishi mumkin" - dedi Zidan.