«Real» prezidenti Florentino Peres Evropa Superligasi loyihasini butunlay yo'q qilishga majbur qilinmoqda.
ESPN xabariga ko'ra, Premer-liga klublari turnirning rasmiy yopilishini istashyapti. «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Liverpul», «Tottenxem» va «Arsenal» bu borada qo'shma bayonot tayyorlagan.
Oltita ingliz jamoasining murojaatidan so'ng Peresga Superliganing barcha ishtirokchilarini yig'ish uchun ikki-to'rt hafta vaqt kerak bo'ladi.
Umumiy yig'ilishda ta'sischi klublar tashkilotni tarqatib yuborish uchun ovoz berishlari mumkin. Agar «Real» prezidenti loyihani yopishdan bosh tortsa, ehtimol u sudga berilishi mumkin.