Madridning "Real" klubi va braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro milliy terma jamoaning 2021-yilgi Amerika kubogida qatnashishni istamasligini yana bir bor tasdiqladi.
"Braziliyadagi Amerika kubogi borasidagi pozitsiyamiz haqida hamma biladi. Hammasi aniq. 8-iyun kuni Paragvay bilan o'yindan so'ng biz o'z pozitsiyamizni yanada balandroq ifoda etmoqchimiz. Bu nafaqat mening, balki Evropada o'ynaydigan futbolchilarning ham fikri. Gap hamma haqida ketmoqda", - deydi Kasemiro.