"Real" himoyachisi David Alabaning otasi Jorj Alaba o'g'lining "Bavariya" dan ketishi haqida gapirdi.
«Tafsilotlarga to'xtalmoqchi emasman, ammo «Bavariya» rahbarlari aslida nima bo'lganini bilishadi. Vaqt o'tishi bilan pozitsiyalar kuchayib bordi, deb aytishim mumkin, biz pulni muhokama qilishni ham boshlamadik. Shu sababli, nima uchun ular pul haqida gaplashishni to'xtatishmaganini tushunmayapman.
Myunxenning "Bavariya"si bilan muzokaralar pandemiya boshlangunga qadar boshlangan. Men ko'nglim qoldi, chunki bu mavzu bizning holatimizda bahona sifatida ishlatilgan. Gap boshqa futbolchilar bilan muzokaralar haqida ketganda, talablar xotirjamlik bilan qabul qilindi.
Davidning agenti "ochko'z piranha" deb nomlanishga loyiq emas. Men buni butunlay rad etaman. OAV biz 20 million evro so'raganimizni yozgan, keyin esa 19,5 million. Bu nima? Va bularning barchasi shunchaki matbuotga chiqish va Zaxaviyni eng populistik tarzda "ochko'z piranha" deb atash uchun.
Bu so'zlar menga tegdi. Men, ayniqsa, hech kimni tanqid qilmoqchi emasman, lekin bu menga ta'sir qildi, - dedi katta Alaba.