"ABC" xabariga ko'ra, futbolchiga "Manchester Yunayted" 5 yillik shartnoma va "Real"dagidan anchagina ko'proq maosh taklif qilmoqda. SHu boisdan u "Real" taklif qilayotgan shartnomaga imzo chekmoqchi emas.
Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Uning transfer narxi 70 mln evroni tashkil qilmoqda.