«Real» himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionati doirasida «Deportivo»ga qarshi o'yinda (3:0) ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
Mazkur chetlatish 31 yoshli futbolchi uchun 18-chetlatish bo'lib, u La liga antirekordini takrorladi. Bungacha Pablo Alfaro («Sevilya») va Xavi Aguado («Saragosa») ham shuncha marta qizil kartochkaga munosib ko'rilgan.
Umuman olganda, Serxio Ramos faoliyati davomida 23-marta maydondan chetlatildi.