«Real» hujumchisi Karim Benzema Frantsiya va Uels o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Eslatib o'tamiz, bu Karimning o'z terma jamoasi safidagi 2015 yildan buyon birinchi o'yini edi. Birinchi bo'limda Benzema penaltidan foydalana olmadi.
Bu esa Karimning milliy terma jamoa libosidagi ketma ket 3-muvaffaqiyatsizligi hisoblanadi. U bungacha 2014 yilgi JChda Shvetsariyaga va sal keyinroq o'rtoqlik o'yinida Shvetsiya darvozasiga 11 metrlik nuqtadan aniq zarba bera olmagan.