Karlo Anchelotti «Real» bosh murabbiyi sifatida ilk matbuot anjumanini o'tkazdi.
“Men bu erda bo'lganimdan juda xursandman, bu erni o'z uyimdek his qilaman. O'tmishda qilgan ishlarimizni takrorlash uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman.
«Real»dagi so'nggi mavsumim haqida juda yaxshi xotiralarim bor. «Real»ga murabbiylik qilish nimani anglatishini tushunaman, buni katta zavq va quvonch bilan bajarmoqchiman. Men qo'limdan kelganicha harakat qilaman.
«Real»da hammasi bir xil: hujumkor va ajoyib futbol bu klubning qonida bor. Zero muxlislar buni talab qilishadi", - deydi Anchelotti AS nashriga bergan intervyusida.