"Bu erda ekanligimdan xursandman. "Real" - mening uyim. Bu erda o'tmishda qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlarni takrorlash uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.
"Real"dagi faoliyatimdan yorqin xotiralar qolgandi. O'sha davrdagi kabi ishlay olishimga ko'zim etmoqda.
"Real"ni boshqarish doimo barchada katta ishtiyoq bo'lishini talab qiladi. Bu esa menda bor.
Maksimal kuch bilan bu erga qaytdim. "Real"ni boshqarish - ajoyib, dunyoning eng yaxshi klubi. Boshqa klublarga qaraganda bu erda masuliyat yuqori darajada. Buni qabul qilish kerak.
Jangovarlik va hujumkorlik - "Real"ning odatiy o'yin uslubi. So'nggi yillarda futbol o'zgardi va agressivlik hamda to'g'ri o'ynash muhim planga chiqib qoldi.
Biroq "Real"da barchasi o'sha-o'sha: azaliy o'yin uslubi jangovarlik va hujumkorlik, o'z navbatida muxlislarning ham talabidir", - dedi Anchelotti.