Sky Sports nashrining xabar berishicha, 47 yoshli sobiq «Vulverxempton» ustozi Nunu Santu allaqachon «Everton» bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, «Everton»ning sobiq bosh murabbiyi, jamoa bilan 2019 yildan beri ishlagan Karlo Anchelotti «Real»ni boshqaradi.
Angliya Premer-ligasi-2020/21 yakuniy jadvalida «Everton» 10-o'rinni egalladi va Evropaning nufuzli musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi.