"Real" himoyachisi Serhio Ramos Ispaniya chempionatining dastlabki turida qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
31 yoshli himoyachi bu bilan faoliyatidagi 18-marta maydondan chetlatildi va sobiq "Sevilya" futbolchisi Pablo Alfaro va Xavi Aguado (sobiq "Saragosa") larning rekordini takrorladi.
Endilikda Ramos yana bitta qizil kartochka sohibiga aylansa, Ispaniyada mutloq tengsiz futbolchiga aylanadi.