«Real» hujumchisi Karim Benzema Madrid klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Har mavsumda yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilaman. Shaxsiy faoliyat nuqtai nazaridan ham, jamoaviy jihatdan ham hali orzularimning o'rtasidaman. Bu erda men azaldan o'ynashni orzu qilgan futbolimga egaman. Bu mening futbolim, men shunday o'ynayman. Klub esa mening hayotim.
Men uchun maydonda bo'lish va har doim o'z ishimga borimni baxshida qilish juda muhim, chunki men futbolni juda yaxshi ko'raman. Keyingi mavsumda ham «Real»da qolaman", — dedi Benzema.
Karim 2009 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib keladi. Ortda qolgan 2020/21 yilgi mavsumda u Ispaniya La Ligasining 34 ta o'yinida maydonga tushib, 23 ta gol va 9 ta golga hammualliflik qildi. Uning «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.