«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl kelajakdagi rejalari haqida gapirdi. Ayni paytda u Uels terma jamoasi bilan Evropa chempionatida iloji boricha yaxshi o'ynashga e'tibor qaratmoqda.
«Shubhasiz, bundan keyin nima qilishim haqida ko'p yozilgan. Men uchun asosiy narsa - o'z e'tiborimni chalg'itadigan narsalarni aytavermaslik. Shunchaki diqqatimni Evroga qaratmoqchiman.
Men bor e'tiborimni faqat ushbu turnirga qarataman. Chempionat tugagach, o'tirib, keyin nima qilishimni hal qilaman. Bunga hali vaqt etarlicha bo'ladi», - deydi Beyl.