"Real" bosh murabbiy lavozimiga 3 nafar mutaxassisning nomzodini ko'rib chiqmoqda.
"Cadena SER" tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi"ning short-listidan jamoaning sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda "Everton"ni boshqarayotgan Karlo Anchelotti, bir necha kun avval "Inter"ni tark etgan Antonio Konte hamda "Kastilya"da ishlayotgan Raul o'rin olishdi.
Manbaga ko'ra, "Real" va Anchelotti o'rtasidagi muzokaralar 4 kun avval boshlangan. "Everton" esa har ehtimolga qarshi yangi murabbiy qidira boshladi. "Madrid" rahbariyati esa Anchelottining klubga qaytishiga ijobiy qaramoqda.