Serxio Ramosning «Real» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir oy qoldi.
Ispaniya ommaviy axborot vositalarida xabar qilinishicha, tajribali himoyachi erkin agent maqomida bo'lish xavfini tug'diradi, chunki tomonlar yangi mehnat shartnomasi to'g'risida kelisha olishmagan.
Serxio Ramos faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. ESPN xabariga ko'ra, «Manchester Siti» ispaniyalik futbolchiga ikki yillik mehnat shartnomasini taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos «Sevilya»dagi faoliyatidan so'ng, 2005 yildan beri «Real»da o'ynab kelmoqda.
Ma'lumot uchun, yakunlangan mavsumda Ramos 21 uchrashuv o'tkazdi va 4 gol urdi.