«Real»dan ketishi mumkin bo'lgan himoyachi Rafael Varan faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. ABC xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» 28 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.
Manbaning xabar berishicha, «qizil iblislar» rahbariyati futbolchiga foydali shartnoma taklif qilishga tayyor. Mankunianliklar Rafaelning maoshini ikki baravar oshirmoqchi. Madridda himoyachi yiliga 6 million evro ishlab topadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Qirollik klubi» tarkibiga avstriyalik David Alaba qo'shilgan edi.
Ma'lumot uchun, Varan «Real»da 2011 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Ispaniya chempionatining yakuniga etgan mavsumida Rafael 31 o'yin o'tkazgan.